O‘zbekiston jahon chempionati finalida!

  • 24.11.2022 23:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat

Isroil davlatida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Bugun musobaqaning yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz Hindiston jamoasiga qarshi dona surdi. GM Nodirbek Yakubboev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidovdan iborat jamoa birinchi o‘yinda 2:2 durang qayt etgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda 2.5-1.5 hisobida zafar quchdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finaldagi raqib esa Xitoy terma jamoasi bo‘ladi.

Hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

IMG_20221124_230616

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!