O‘zbekiston ketma-ket 3 ta xalqaro turnirda g‘alaba qozondi!

  • 31.03.2026 01:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan uchta ketma-ket xalqaro o‘rtoqlik turnirlarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Dastlab, jamoa oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan “CAFA Nations Cup” musobaqasida Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi. Shuningdek, noyabr oyida o‘tkazilgan “Al Ain International Cup” turnirida ham g‘alaba qozonib, yana bir bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Jahon chempionati oldidan tashkil etilgan “FIFA Series” musobaqasida Venesuela terma jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub etildi va navbatdagi sovrin qo‘lga kiritildi.

Shu tariqa, “oq bo‘rilar” Jahon chempionatiga yuqori kayfiyatda yo‘l olmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!