O‘zbekiston Kubogi. Andijon" - "Surxon" bellashuvi oldidan

  • 29 avgust, 2024, 09:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

30 avgust kuni O‘zbekiston Kubogi yarim final doirasida "Andijon" “Bobur arena”da “Surxon”ni qabul qilishidan yaxshi xabardorsiz. Bungacha chempionat doirasida jamoalar ikki marta to‘qnashishdi. Birinchi davrada Toshkentda “Andijon” 2:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yaqinda Andijondagi uchrashuvda “Surxon” xuddi shu hisob bilan uch ochkoni qo‘lga kiritgandi. Endi navbat Kubok yarim finaliga etib keldi.

“Andijon” va “Surxon” klublari O‘zbekiston Kubogida shu paytgacha faqat ikki marta to‘qnashishgan. Ushbu o‘yinga ham naqd 31 yil bo‘ldi. 1993 yili klublar O‘zbekiston Kubogining 1\8 final bosqichida ro‘baro kelishgan.

1\8 final

Dastlabki uchrashuv

“Surxon”- “Andijon” - 0:1

Javob uchrashuvi

“Andijon”- “Surxon” - 2:1

Ko‘rib turganingizdek, ikkala bahsda ham "Andijon"ning qo‘li baland kelgan va musobaqani davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, yarim final bahsi 30 avgust kuni “Bobur arena”da soat 19:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
29/08/2024 11:28
Андижон га омад
Сохипов Хусанбой
29/08/2024 10:25
Кучлиси ютсин, омад хар иккисига. Лекин Фаргонада Навбахор-Андижон булса майдони ёнади. мухлислар тулиб тошади.