O‘zbekiston kubogi. "Aral" bilan birga "Xorazm" ham pley-off masalasini naqd qildi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "Tsementchi" va "Aral" - "Namangan FA" uchrashuvlari yakunlandi. 

Urganchda kechgan bahsda "Xorazm" 3:1 hisobida zafar quchdi. Nukusdagi o‘yinda esa mezbonlar 3:2 hisobidagi g‘alabani o‘ziniki qildi. 

Shu tariqa, 9 ochkosi bor "Aral" va 6 ochko to‘plagan "Xorazm" pley-offga yo‘l oldi. "Tsementchi" va "Namangan FA" guruhda qolib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!