O‘zbekiston Kubogi. Birinchi kunda besh vaznda g‘oliblar aniqlandi

  • 6 may, 14:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga mezbonlik qilmoqda. 

Tecno

Ushbu musobaqada 2008-2009-2010-yillarda tavallud topgan o‘smir dzyudochilar ishtirok etyapti. Termiz Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi kuni o‘smirlar o‘rtasida -50, -55 kg, qizlarda esa -40, -44 va -48 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.

E’tiborlisi shundaki, bitta vazn toifasida 99, 113 nafar dzyudochi musobaqa medallari uchun kurash olib bordi. Bu yurtimizda dzyudo sport turi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning soni ortib borayotganidan dalolat.   

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

O‘SMIRLAR:

-50 kg vazn toifasi (99 ishtirokchi)
1. Xushnud Sultonov (Xorazm)
2. Abdurazzoqjon Burxonov (Surxondaryo)
3. Muhriddin Karimjonov (Farg‘ona)
3. Azamat Sobirov (Xorazm) 

-55 kg vazn toifasi (113 ishtirokchi)
1. Shahriyor Niyozov (Buxoro)
2. Sharofiddin Rahmonov (Toshkent shahri)
3. Xudoynazar Shafoatov (Surxondaryo)
3. Sanjarbek Rahimberdiev (Xorazm)

QIZLAR

-40 kg vazn toifasi
1. Sarvinoz Normuratova (Samarqand)
2. Mashhura Otaxonova (Xorazm)
3. Farida Husenova (Navoiy)
3. Rayhona Dixanova (Jizzax)

-44 kg vazn toifasi
1. Mehriniso Nuraddinova (Xorazm)
2. Husniya Umrzoqova (Qashqadaryo)
3. Hulkar Xushbaxtova (Surxondaryo)
3. Mubina Valijonova (Andijon)

-48 kg vazn toifasi
1. Dilnoza Hamidova (Buxoro)
2. Saodat Qoraboeva (Jizzax)
3. Hidoyat Dostbekova (Navoiy)
3. Jasmina Tojalieva (Toshkent viloyati)

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!