
O‘zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun 3 ta stadion da’vogar
Joriy yildagi O‘zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun uchta stadion da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Liga 2020 yildan boshlab Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga shaffof qur’a orqali aniqlik kiritib keladi. Shu tariqa, Namangan (2020), Samarqand (2021), Buxoro (2022), Qarshi (2023) shaharlari mos ravishda finallarni qabul qildi.
2024 yilgi mavsumda Liga uch stadionga shunday imkoniyat taqdim etadi: Istiqlol, Bobur arena va Olmaliq. Mazkur stadionlar o‘tgan mavsumda Liga talabi bo‘yicha yoritish, sug‘orish, drenaj tizimlarini yaxshiladi, maydon maysasi o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichiga 21 mart kuni qur’a tashlanishi ma’lum qilingandi. Sport-TV orqali jonli efirga olib chiqiladigan jarayon vaqtida Kubok finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomiga ham oydinlik kiritiladi. Final 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.
Fikrlar