
O‘zbekiston Kubogi. Ikkinchi kunda ham 5 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining ikkinchi kungi bahslari ortda qoldi.
Ushbu musobaqada 2008-2009-2010-yillarda tavallud topgan o‘smir dzyudochilar ishtirok etyapti. Termiz Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi kuni o‘smirlar o‘rtasida -60, -66, -73 kg, qizlarda esa -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.
E’tiborlisi, -60 kg vaznda 110, -66 kiloda 93, -73 kg vazn toifasida esa 113 nafar dzyudochi musobaqa medallari uchun kurash olib borgan.
Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
O‘SMIRLAR:
-60 kg vazn toifasi
1. Amirbek Erkinov (Xorazm)
2. Jasur Qahramonov (Navoiy)
3. Shohjahon Nurullaev (Buxoro)
3. Eldor Sharipov (Samarqand)
-66 kg vazn toifasi
1. Soyibbek Jo‘raev (Qashqadaryo)
2. Daler Asrorqulov (Samarqand)
3. Lutfulloh Akbarov (Toshkent shahri)
3. Hikmatullo Xolosov (Toshkent viloyati)
-73 kg vazn toifasi
1. Shahobiddin Baxtiyorov (Buxoro)
2. Bahodir Kopjursinov (Qoraqalpog‘iston)
3. Nazar Zulfiqorov (Qashqadaryo)
3. Hamidulloh Yarashev (Toshkent shahri)
QIZLAR:
-52 kg vazn toifasi
1. Nigina Umrzoqova (Samarqand)
2. Muxlisa Hasanova (Jizzax)
3. Noila Razzoqberdieva (Xorazm)
3. Fotima Ahmadova (Surxondaryo)
-57 kg vazn toifasi
1. Charosoy O‘ktamboeva (Xorazm)
2. Rayhon Abdurahmonova (Xorazm)
3. Madina Jumamuratova (Surxondaryo)
3. Dilnura Barotova (Buxoro)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar