O'zbekiston kubogi Urganchda bo'lib o'tadi!

  • 04.08.2026 22:02
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

5–12 avgust kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida boks bo‘yicha ayollar hamda U-17 yosh toifasidagi o‘smir qizlar o‘rtasida  O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan eng iqtidorli charmqo‘lqop ustalari ishtirok etib, chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun qizg‘in kurash olib boradi.

Bir hafta davom etadigan bellashuvlar yosh bokschilar uchun o‘z mahoratini namoyon etish, murabbiylar uchun esa kelajakda milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qiladi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!