O‘zbekiston — Niderlandiya uchrashuvi qaysi telekanallarda namoyish etiladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Mazkur bahsni muxlislar "Zo‘r TV" va "Futbol TV" telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45'da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining "K" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar