
O‘zbekiston “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatidan ajoyib yangilik keldi.
Iste’dodli gimnastikachi Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk yo‘llanmasini taqdim qildi.
Yurtdoshimiz ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng, 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egalladi. Ikromova bu ko‘rsatkich bilan “Parij-2024” Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan joy oldi.
Shuningdek, sportchimiz bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar