O‘zbekiston Superligasi. "So‘g‘diyona" - "Surxon" o‘yini oldidan muhim ma’lumot va statistikalar bilan tanishing

  • 18 oktabr, 2022, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga 18:30 da Jizzaxning “So‘g‘diyona” sport majmuasida "So‘g‘diyona" va "Surxon" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs oldidan sizga muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz.

"So‘g‘diyona" tomonlarda...

“So‘g‘diyona” jamoasi joriy mavsumda juda yaxshi futbol namoyish qilmoqda. Jamoani tajribali mutaxassis - Ulug‘bek Baqoev boshqaradi. Ayni vaqtda “bo‘rilar” turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 9 g‘alaba, 6 durang va 6 mag‘lubiyat bor. Yaqinda jizzaxliklar ikkita musobaqada yarim final bosqichida o‘z ishtiroklarini yakunladi. Qizig‘i, ikkisi ham penaltilar seriyasidan so‘ng sodir bo‘ldi. Xususan, OFK Kubogi doirasida “So‘g‘diyona” “Kuala-Lumpur”ga yutqazdi, O‘zbekiston Kubogida esa “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdi.

Fakt! Superliga-2022 1-davra uchrashuvida “Surxon” 2:4 hisobida “So‘g‘diyona”ga yutqazgan edi. O‘sha o‘yinda Murod Bobojonov hisobni ochganiga qaramasdan, jizzaxliklar o‘yin stsenariysini o‘z tomonlariga og‘dirgan.

Diskvalifikatsiya tufayli har ikki jamoadan ham bir nafardan futbolchi o‘yinni o‘tkazib yuboradi: Abdujalil Manazarov (“So‘g‘diyona”) va Luismi Kezada (“Surxon”).

"Surxon"da nima gaplar?

Oxirgi 3 ta uchrashuvni "Surxon" yaxshi ruhda o‘tkazmoqda. Ayni shu o‘yinlarda jamoa 2 marta g‘alaba qozondi va 1 marta durang o‘ynadi. 21-tur doirasidagi uchrashuvda "uchar tulporlar" “Paxtakor”dan ochko tortib oldi. O‘sha uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Termizliklar safida yagona gol muallifi Ruben Sanches Peres bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, "So‘g‘diyona" - "Surxon" o‘yini jonli efirda “Dunyo bo‘ylab” telekanalida efirga uzatiladi.

 

Manba: "Surxon" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!