O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lub bo‘lib ham keyingi bosqichga yo‘l oldi

  • 01.02.2026 14:32
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Indoneziyda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "S" guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh peshqadami Yaponiyaга qarshi bahs olib bordi. Ushbu bellashuvda terma jamoamiz vakillari minimal hisobda oldinda bora turib, ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yuborib mag‘lubiyatga uchradi. Biroq kichik hisobdagi mag‘lubiyat ham "oq bo‘rilar"ga chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, chorak finalda terma jamoamiz "D" guruhining ikkinchi o‘rini egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!