
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ispaniya bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi
17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati "V" guruhida 3-tur bahslari yakunlandi.
Mali 5:1 hisobida Kanadani engdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa iroda namoyish etdi. Dastlab Ispaniya ikkita gol urgan bo‘lsa, keyinchalik vakillarimiz kambek qilib, vaziyatni o‘nglashdi - 2:2.
Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu kvartetda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, deyarli keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi vakillarimiz 3-tur uchrashuvlarini yakunlanishini kutishlari kerak.
Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekiston joylashgan guruhda yakuniy turnir jadvali qanday? (Foto)
- Bugun juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarim iroda ko‘rsatishdi. Uchrashuvni biroz sust boshladik. Chuqur himoyalanishga majbur bo‘ldik va o‘z darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin men futbolchilarimga katta rahmat aytmoqchiman. Ular o‘zlarida kuch topishdi. O‘yinni o‘zgartirib, harakter ko‘rsatib, bir ochkoga ega chiqdik. Jamoa mag‘lubiyatdan chiqib keta oldi.
Birinchi navbatda meni futbolchilardagi harakter juda ham xursand qildi. 0:2 hisobidan keyingi harakter va shu hisobdan keyingi himoyalanish meni xursand qildi, - dedi murabbiy.
Fikrlar