O'zbekiston va yana 12 mamlakat Cheferinning Jahon chempionati haqidagi tanqidiga javob qaytardi

  • 15.06.2026 00:23
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir qator milliy futbol assotsiatsiyalari UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning kengaytirilgan Jahon chempionati formati haqidagi tanqidiy fikrlariga nisbatan qo‘shma bayonot bilan chiqish qildi.

Ben Jeykobs tomonidan e’lon qilingan rasmiy murojaatni Kabo-Verde, Kyurasao, O‘zbekiston, Kongo, Gayti, Jazoir, Tunis, Marokash, Misr, Gana, Senegal, JAR va Kot-d’Ivuar futbol assotsiatsiyalari imzolagan.

Bayonotda Cheferinning ba’zi Jahon chempionati o‘yinlarini qiziqarsiz deb atagani qattiq tanqid qilingan.

"Biz bu fikrlarni hurmat bilan, ammo qat’iy rad etamiz. Mamlakatlarimiz uchun Jahon chempionatida ahamiyatsiz o‘yin degan tushuncha mavjud emas. Kabo-Verde, Kyurasao va O‘zbekiston uchun mundial final bosqichiga chiqish bir necha avlodlar orzusining ushalishidir", — deyiladi murojaatda.

Shuningdek, Kongo va Gayti kabi terma jamoalar uchun Jahon chempionatiga qaytish millionlab muxlislar kutgan tarixiy voqea ekani ta’kidlangan.

Mualliflar har bir jamoa mundialga sport tamoyillari asosida yo‘l olganini eslatib, futbolning kuchi uning universalligi va turli xalqlarni birlashtira olishida ekanini qayd etishgan.

"Har bir millat bu huquqni maydonda qo‘lga kiritgan. Har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega", — deya xulosa qilingan bayonotda.

Ma’lumot uchun, 2026 yildagi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkazilmoqda hamda turnir 19 iyul kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!