O‘zbekiston – Qozog‘iston uchrashuvi natijasi oldindan aytildi!
Sportga ixtisoslashgan Sportskeeda.com sayti ekspertlari O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi natijasini taxmin qildi, deb xabar tarqatdi Sports.kz sayti.
- O‘zbekiston o‘z maydonidagi oxirgi beshta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Shu bois, Qozog‘istonning Toshkentdagi vazifasi tayin. Biroq, bo‘lajak bahs o‘rtoqlik uchrashuvi ekanini inobatga olib, “kalxatlar” durang bilan qaytishi kerak.
Taxmin: O‘zbekiston – Qozog‘iston 1:1, - deb yozdi nashr.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 16 noyabr kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, 20 noyabr kuni Srechko Katanets shogirdlari xuddi shu arenada Rossiya milliy terma jamoasi bilan bellashadi.

Fikrlar