
O‘zbekistonga gol urgan hujumchini chempion jamoadan ketkazishadi
Joriy mavsum A Seriyada chempionlik unvonini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Inter” yozda tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgan.
Asosiy e’tibor – hujum chizig‘ini isloh qilishga qaratiladi. Rahbariyat hujumchilar orasidan faqatgina Lautaro Martines va Markus Tyuramga tarkibdan joy kafolatladi.
Qolgan forvardlar – Xoakin Korrea, Mehdi Taremi va Marko Arnautovich o‘ziga yangi jamoa izlashi kerak.
Bu uch futbolchi mavsum davomida hammasini qo‘shib hisoblaganda jami oltita to‘p kiritdi xolos. Shulardan to‘rttasi 36 yoshli Marko Arnautovichga tegishli.
Shunisi qiziqki, Mehdi Taremi aprel oyidagi uchrashuvda 2026 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, Eron terma jamoasini mundialga olib chiqqan edi.
Fikrlar