Hujumchimizning Premer-ligadagi gollari sarhisob qilindi!

  • 25 aprel, 2023, 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston futbolini yoritishga ixtisoslashgan kazfootball.kz sayti mutaxassislari ushbu mamlakat Premer-ligasida o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevning gollarini hisoblab chiqdi.  

Tecno

Bunga chempionatning 7-turida Igor Sergeev “Aktobe” jamoasi darvozasiga bir juft to‘p kiritib, “Tobol”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgani sabab bo‘ldi.

6445429491d2b

Sayt mutaxassislarining ta’kidlashicha, shu kuni 29 yoshli legionerimiz “Tobol” jamoasi safidagi 15 va 16-gollariga mualliflik qilgan.

Durang bilan yakunlangan “Tobol” va “Aktobe” uchrashuvidan keyin Igor Sergeev jamoa rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Jamoamiz muxlislari bizlarni oxirigacha qo‘llab-quvvatlab turgani juda yoqimli bo‘ldi. Biz 0:2 hisobida ortda qolayotganimizda ham tashlab ketishmadi, mixlislik qilishdi, qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Bunday qo‘llab-quvvatlab turishlari bizga birinchi navbatda psixologik jihatdan juda muhim. Biz ulardan minnatdormiz, - dedi uchrashuv qahramoni Igor Sergeev.

Igor Sergeev Kustanay klubidagi debyut uchrashuvini 2021 yilning 12 sentyabr kuni nishonlagan. Oradan 20 kun o‘tib, navbatdagi turda “Ordabasi” darvozasini ishg‘ol qilib, Qozog‘iston chempionatlaridagi  birinchi golini urdi.

Igor Sergeev “Tobol” jamoasi safida shu paytgacha jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 16 marotaba nishonga olgan. Kustanay jamoasiga kelishdan oldin tajribali hujumchimiz yarim mavsum davomida “Aktobe” klubi sharafini himoya qilgan. Igor bu jamoa safida 18 ta o‘yinda o‘z hisobiga 7 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tganidan beri ikki jamoa safida to‘p tepib, umumiy hisobda 58 ta uchrashuvda qatnashdi hamda raqiblar darvozasiga jami 23 ta to‘p kiritdi.

Bundan tashqari, Igor Sergeev “Tobol” futbolchisi sifatida milliy chempionatdan tashqari, Qozog‘iston kubogi, Evropa Chempionlar ligasi va Konferentsiyalar ligasi saralash turnirlarida ham bir  necha bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, gollari hisobini ochib qo‘ygan.

Igor Sergeev Qozog‘iston milliy chempionatlarida oltin va bronza medalni qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi.

Mohir hujumchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini ham davom ettirmoqda. Igor shu kunga qadar bosh jamoamizda 67 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozdiriib qo‘ygan.

IMG_3836

Ta’kidlash lozimki, Qozog‘iston milliy chempionatlarida o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari doimo to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan. Xususan, o‘z davrida Ja’far Irismetov ikki marotaba, Ulug‘bek Baqoev turli jamoalarda to‘rt marotaba Qozog‘iston chempionati eng zo‘r to‘purari sovrinini qo‘lga kiritgan.

Legionerimiz ikki goli bilan eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!