Legionerimiz ikki goli bilan eng zo‘rlar qatoriga qo‘shildi!

  • 24 aprel, 2023, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida 7-tur uchrashuvlari yakunlandi. Qo‘shni mamlakat chempionatida qatnashayotgan uch nafar legionerimiz – Igor Sergeev, Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov jamoalari durang qayd etdi.

Tecno

“Ordabasi”da to‘p tepayotgan Umarov “Qayrat” maydonida bo‘lgan bellashuvda 64-daqiqa harakat qildi. Bobur Abduxoliqov esa, aynan mana shu daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Bu bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Durangdan so‘ng ochkolari sonini 14 taga etkazib olgan chimkentliklar “Aktobe” bilan uchinchi o‘rinni bo‘lshib turibdi.

7adf7db136d8e3e8429fe36b06aa7303

Igor Sergeev o‘ynayotgan “Tobol” futbolchilari “Aktobe”ni qabul qildi. O‘yin mezbonlar uchun qiyin kechdi. Ular 69-daqiqagacha ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan edi. Igor Sergeev 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv yakunlangunicha mehmonlar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan legionerimiz jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Qozog‘iston futbolini yoritib borayotgan www.sports.kz portali 7-tur yakunlariga ko‘ra, o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon:

Nikita Chagrov (“Okjetpes”).

Markaziy himoyachilar:

Stefan Bukorats (“Shaxter”), Jarko Tomashevich (“Astana”), Luka Gadrani (“Aktobe”).

O‘ng qanot yarim himoyachisi:

Arman Kenesov (“Aktobe”)

Markaziy yarim himoyachilar:

Yakob Novak (“Atirau”) va Asxat Tagibergen (“Ordabasi”).

Chap qanot yarim himoyachisi:

Rati Ardazishvili (“Jetisu”).

Hujumkor futbolchi:

Joao Paulo (“Qayrat”).

Hujumchilar:

Igor Sergeev (“Tobol”) va Tamaz Makatsariya (“Qiziljar”).

Bosh murabbiy:

Vitaliy Jukovskiy (“Atirau”).

644662367b982

- Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushishi bilan o‘yinga juda muvaffaqiyatli qo‘shildi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanib, ikkita gol urdi va kuchtanayliklar uchun durang natijani ta’minlab berdi, - deb yozdi  www.sports.kz portali legionerimizning o‘yinini sharhlab.

Qozog‘iston Premer-ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari 6 mayga belgilangan. Shu kuni Igor Sergeev jamoasi o‘z maydonida “Qayrat” futbolchilarini qabul qiladi. Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov o‘ynayotgan “Ordabasi” ham bo‘lajak bellashuvni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘tkazib, “Qaysar” jamoasi vakillari bilan kuch sinashadi.

Jahon chempioni g‘alabadan so‘ng Bektemir Meliqo‘zievga murojaat qildi!

Rossiya chempioni Mirjalol Qosimov jamoasi rekordini yangiladi!

Legionerimiz supergol urdi va jamoasi to‘purariga aylandi!

Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda

O‘zbekiston to‘purarlari nechanchi o‘rinda?

Kelishilgan o‘yinlar balosi: Legionerlarimiz jamoasi Evrokubokdan chetlatilishi kutilmoqda!

Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!