O‘zbekistonlik muaytaychi MMAda debyut qiladi

  • 01.04.2022 12:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, Qozog‘istonning Almati shahrida katta MMA kechasi tashkil etiladi.

Ya’ni "NFC 38" turnirida o‘zbekistonlik MMA vakillari ham oktagonga ko‘tariladi. NFC promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang oqshomida hamyurtimiz Nurmuhammad Adamxonov -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Unga qozog‘istonlik Elamon Utarov raqiblik qiladi.


Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz avval K-1, professional muaytay bo‘yicha janglarda ishtirok etib kelardi. Bu safar hamyurtimiz MMA yo‘nalishida debyut qiladi.
Raqibning rekordi esa 2-0 ko‘rinish olgan.

IMG_20220401_122401_774

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!