O‘zbekistonlik muaytaychi "One Championship"da faoliyat yuritishi mumkin

CHERY AUTO

Professional muaytaychi Bobur Tagiev jahonning nufuzli promousheni hisoblanadigan “One Championship”da faoliyat olib borishi mumkin. 67 kg vazn toifasida “Em Legend” (jahonning kuchli 16  jangchisi bir-biri bilan to‘qnash keladi) chempioni Tagievning ushbu promoushendagi faoliyatiga oid muzokaralar olib borilmoqda. Boburning saytimizga ma’lum qilishiga ko‘ra, ushbu muzokarani UFCda faoliyatini boshlagan yurtdoshimiz Zarruh Adashev olib borayotgan ekan.

Tecno

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “One Championship” promoushenida nafaqat MMA borasidagi turnirlar, balki professional kikboksing yo‘nalishidagi janglar ham o‘tkaziladi. Bobur Tagiev aynan, kikboksing bo‘yicha mazkur tashkilot turnirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Voqelar rivojini bizda kuzatib boring!

Bobur

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!