
O‘zbekistonning Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
16-20 noyabr kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Futbol ishqibozlari mazkur uchrashuvlar uchun chiptalarni uydan chiqmagan holda iTicket.uz platformasi orqali elektron shaklda xarid qilishlari mumkin.
Chipta narxlari:
2-toifa – 15 000 — 20 000 so‘m;
1-toifa (CIP) – 50 000 so‘m.
Chiptalarni, shuningdek, Toshkent Univermagi yonida joylashgan "ITicket" bosh ofisi, "Rivera" savdo markazi va "Humo arena"da joylashgan filiallardan yoki stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar