O‘ziga klub izlab yurgan erkin agentlar ramziy jamoasi

  • 6 yanvar, 2021, 21:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer bozorida futbolchilarga bo‘lgan talab oshgan. Shu bois, ularning transfer summasi keskin ko‘tarilib ketmoqda. Grand klublar ham transferni amalga oshirishdan oldin, erkin agentlar ro‘yxatiga bir ko‘z tashlashi odatiy holga aylanib qoldi. Bugun biz erkin agent maqomidagi futbolchilardan iborat ramziy jamoa bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tecno

Darvozabon: Steffan Ruffe

Zaxira varianti: Subashich

Ruffe Frantsiya futbolining afsonalaridan biri sanaladi. O‘zining 34 yoshiga qaramay, u «Cent Eten»ning asosiy figuralaridan biri edi. Afsuski, jamoa murabbiyi - Klod Puel bilan janjallashib qolgach, unga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Ayni damda, posbon "Liga 1” klublaridan kelib tushgan takliflar ustida bosh qotirmoqda.

Markaziy himoyachilar: Garay, Uilyams

Zaxira varianti: Brunoi Uvini, Shimunich

Uilyams o‘zining Uels terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Garayni esa, «Real» va «Valensiya»dagi faoliyati sababli taniymiz. Ushbu himoyachilar hozir istalgan o‘rtamiyona jamoa mudofaasini kuchaytirishga qodir. Eshli «Suonsi»dagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng, «Everton»ga o‘tdi. Afsuski, bu transfer omadsizlikka uchradi. Keyin u «Bristol» safiga borib qo‘shildi. U erda ham ishlar yurishmagach, yozda erkin agentga aylandi. Garay ham yozdan beri ishsiz. U «Valensiya» bilan shartnomani bekor qilgach, Turkiya klublarida ko‘rikdan o‘tdi, biroq shartnoma imzolamadi.

O‘ng qanot himoyachisi: Marsino

Zaxira varianti: Esekello Skeletto

24 yoshli futbolchi haqida hali eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Butun faoliyati davomida «Botafogo» safida to‘p surgan Marsino yanvarning birinchi kuni jamoasini tark etdi. Hozirda, Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olgan himoyachi erkin agent maqomida. Katta ehtimol bilan, uning keyingi klubi POrtugaliya chempionati vakili bo‘ladi.

Chap qanot himoyachisi: Konstantin Raush

Zaxira varianti: Ivan Strinich

Moskvaning «Dinamo» safiga borib qo‘shilgach, Raush o‘zini yaxshi his etdi. Afsuski, kichik jarohatlardan so‘ng, asosiy tarkibdan to‘liq tushib qoldi. U Moskvada faoliyati ortga ketayotganini sezdi va qishda jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Ayni damda, u Germaniyada va Bundesliga vakillari bilan muzokara o‘tkazmoqda. E’tiborlisi shundaki, unga «Ufa» jamoasi taklif bilan chiqqan.

Tayanch yarim himoyachisi: Ander Itturaspe

Zaxira varianti:Ramires

Bilbaoning «Atletik» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi deyarli butun faoliyatini tug‘ilib o‘sgan shahri klubiga bag‘ishladi. Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi va ikkita o‘yinda maydonga tushdi. 2019 yilda, u jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va «Espanol»ga ravona bo‘ldi. Afsuski,m Kataloniya klubi «La Liga»da juma yomon ishtirok etdi. Mavsum tugagach, Itturaspe klubni tark etdi. Mana bir yildan ortiq vaqt mobaynida u klubsiz. Ayni damda, u bilan MLSning bir nechta klublari qiziqib qolgan.

Markaziy yarim himoyachi: Jek Uilsher

Zaxira varianti: Sandro

2010 yilda Uilsher Angliya terma jamoasining kelajagi bo‘lishi taxmin qilingan edi. Oradan 10 yil o‘tib, u klubsiz qolib ketishi hech kimning hayoliga ham kelmagani rost. O‘tgan yilning oktyabr oyida «Vest Xem» Uilsher bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Shundan beri yarim himoyachi klubsiz qolib ketgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Chempionshipning bir nechta klubi Jek bilan aloqaga chiqqan. Qishda Uilsher ham o‘ziga yangi jamoa topsa, ajab emas.

Hujumkor yarim himoyachi: Sinzi Kagava

Zaxira varianti: Samir Nasri

Ushbu ro‘yxatimizdagi eng taniqli futbolchilardan biri sanalgan Kagava ham ishsiz qolib ketganlardan. «Borussiya Dortmund» safidagi o‘yinlari bilan shaxsan ser Aleksning e’tiborini qozongan qit’adoshimiz yaqinda «Saragosa» bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. 2019 yilda «Segunda» a’zosiga o‘tib hammani hayron qoldirgan Kagava omadsizlikka uchrab yanada hayratda qoldirdi. Ayni damda, u bilan bir nechta Xitoy klublari muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Gollandiya va Yaponiyadan ham takliflar mavjud.

O‘ng qanot vingeri: Ahmad Musa

Zaxira varianti: Xese

Moskvaning TsSKA jamoasi etakchisi Ahmad Mussa «Lester»ga o‘tdi va faoliyatidagi eng katta xatoga yo‘l qo‘ydi. 28 yoshli futbolchi Angliyadagi kuchli pressingga dosh bera olmadi. Keyin Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Nisbatan kuchsizroq chempionat bo‘lishiga qaramay, Ahmad kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Oktyabr oyida u arab klubi bilan shartnomani bekor qildi. Ayni damda Turkiyaning grand klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.

O‘ng qanot vingeri: Xalk

Zaxira varianti: Farfan

Bugungi ramziy jamoamizdagi eng transfer summasi qimmat bo‘lgan futbolchilardan biri bilan tanishing. O‘zining «Zenit» va «Portu» safidagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan Xalkning Xitoy klubi bilan shartnomasi yakunlandi. U kelajagi uchun kattagina pul jamg‘arib qo‘ydi. Endi top darajaga qaytmoqchi. Shu bois, Xitoydan kelib tushgan boshqa takliflarning barchasini rad etdi. Ma’lumotlarga qaraganda, u bilan «Zenit», «Portu» va «Vulverxempton» klublaridan takliflar mavjud. Katta ehtimol bilan Xalk qishda o‘zi uchun yangi jamoa tanlaydi.

Markaziy hujumchi: Diego Kosta

Zaxira varianti: Mario Manjukich

Ispaniyalik hujumchi yaqindagina «Atletiko»ni tark etdi. Uning og‘ir xarakteri chempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoaga ta’sir etmasligi uchun «matraschilar» futbolchi bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Diego Kosta bilan Osiyo va MLSning badavlat klublari shartnoma imzolashga tayyor. Kosta aynan qishki transferda jamoasini o‘zgartirish maqsadida Madridni tark etgan. Shunday ekan, tez orada uning yangi jamoasi haqida rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘lsa, ajab emas.

riki1

 

riki2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!