O‘zil o‘ziga xos natija qayd etdi
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil APL 33-turida “Midlsbro”ga qarshi bahsda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
"Arsenal" safarda "Midlsbro"ni engdi va o‘zi uchun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi
Bu mavsum germaniyalik futbolchi o‘z hisobiga APLda 7 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Sheriklarini esa 6 bor golli uzatma bilan ta’minladi. Shu tarika O‘zil 11 yillik professional faoliyati davomida ilk bor assistentlikdan ko‘ra, ko‘proq gol kiritdi.
Ma’lumot uchun germaniyalik pleymeker Londonga 2013 yil ko‘chib o‘tgan va uni qo‘lga kiritish uchun “to‘pchilar” “Real”ga 45 mln evro to‘lashgan.



Fikrlar