
"O‘zimizni oqlash niyatimiz yo‘q" - Aliqulov jamoasining yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng yana nimalarni aytdi?
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Mash’al” bellashuvida urganchliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va raqibini har tomonlama mag‘lubiyatga uchratdi.
Muborakliklar “Xorazm”ga qarshi bellashuvda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.
Bellashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida “Mash’al” bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yinni yomon boshladik. Standart holatlarga e’tibor qaratishimiz kerak edi. Futbolchilar sustkashlikka yo‘l qo‘ydi, to‘p o‘tkazib yubordik. O‘yinga kirishishga harakat qildik. Yana tezkor ikkinchi golni olib chiqdik. Keyinchalik o‘z o‘yinimizni topishga qiynaldik. O‘zimizni oqlash niyatimiz yo‘q. Uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimiz uchun o‘ynashimiz kerak edi. Vaziyatni o‘nglashga harakat qildik. Afsus, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik.
- Dilshod Rahmatullaevning o‘yini haqida. U o‘yinni kuchaytira oldi. Futbolchining jismoniy holati uchrashuvni to‘liq o‘tkazishga yordam bermaydimi?
- Dilshodni Kubok uchrashuvida ham o‘ynatgandik. Bu o‘yinga kirishib ketish oson emasdi. Ammo harakat qildi. Birinchi bo‘limdan o‘yinni boshlagan paytlari ham bo‘lgan. O‘rtada tezkor futbolchi etishmayapti. Shuning uchun boshqa o‘yinchilarga imkoniyat beryapmiz. Keyingi uchrashuvlarga qaraymiz, bu holatdan chiqib ketish uchun Dilshod ham asosiy tarkibda o‘yinni boshlashi mumkin.
- Natijani hisobga olmaganda o‘yindan qoniqish hosil qildingizmi?
- Hujum qilishga harakat qildik. Umumiy olganda, futbolchilarga ko‘proq xarakter etishmadi. Oxirigacha kurashish, kerakli paytda tezlik qo‘shish...Qisqa qilib aytganda, bu bellashuvda tajovuzkorlik etishmadi. Aynan o‘yinchilarimizga tajovuzkorlik etishmaganidan ko‘p hujumlarimiz oxiriga etmay qoldi. 3:0 hisobida yutqazdik, umuman qoniqish hosil qilganimiz yo‘q. Muxlislarimiz oldida uzr so‘raymiz.
Fikrlar