Pablo Anduxar so‘nggi ikki yil ichida ilk marotaba g‘alaba qozondi

"Rio Open - 2018" musobaqasining birinchi davrasida ispaniyalik tennischi Pablo Anduxar g‘alaba qozondi.

U Braziliyada avstriyalik Gerald Meltser bilan raqobatlashib, 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Pablo o‘tgan ikki yil mobaynida ATR turnirlarida g‘alaba qozonmagan edi. U so‘nggi marotaba 2016 yilning yanvar oyida ATR musobaqasida zafar quchgan edi.

Anduxar so‘nggi ikki yilda "Chellendjer" va "Fyuchers" musobaqalarida ishtirok etdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!