
Pablo Anduxarning omadsiz kunlari davom etmoqda
Ispaniyalik tennischi Pablo Anduxar Avstraliya ochiq birinchiligining ilk bosqichida amerikalik Maykl Mmoga 1:6, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ushbu uchrashuv bir daqiqa kam ikki soat davom etdi. Mmoning ushbu g‘alabasi "Katta dubulg‘a" turkumidagi mazkur musobaqaning ikkinchi davra yo‘llanmasini taqdim etdi.
Faoliyatida ilk marotaba "Australian Open" turnirining asosiy to‘rida yutuqqa erishgan Mmo endi yana bir ispaniyalik tennischi Roberto Bautist-Agut qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar