Palmer kuchli o‘nlikdan joy egalladi

  • 15.12.2025 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Koul «Chelsi» jamoasida APLda eng ko‘p gol urgan o‘yinchilar ro‘yxatida 9-o‘ringa ko‘tarildi:

Ushbu ro‘yxatda jamoa afsonasi va sobiq sardori Frenk Lempard etakchilik qilmoqda. Angliyalik futbolchi "aristokratlar" tarkibida APLda 429 ta uchrashuvda maydonga tushib,147 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchi pog‘onani 2011/12 yilgi EChL finali qahramoni Dide Drogba band etgan. Forvard 254 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 104 gol yozdirib qo‘ygan. 3-pog‘onadan esa Eden Azar joy olgan. Quyida top-10talik bilan tanishing:

1.Frenk Lempard – 147 gol (429 o‘yin)
2.Dide Drogba – 104 (254)
3.Eden Azar – 85 (245)
4.Djimmi Floyd Xasselbaynk – 69 (136)
5.Djanfranko Dzola – 59 (229)
6.Eydur Gudonsen – 54 (186)
7.Diego Kosta – 52 (89)
8.Djon Terri – 41 (492)
9.Koul Palmer – 39 (76) 
10.Nikolya Anelka – 38 (125).

Ma’lumot uchun, "Chelsi" APLning 16-turidan so‘ng 28 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!