
Palmer yangi mavsumni yangi raqam bilan boshlaydi!
Londonning "Chelsi" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer o‘z raqamini o‘zgartirdi. Bu haqda "aristokratlar" matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yarim himoyachi 20-raqam o‘rniga 10-raqamni tanladi. Ta’kidlanishicha, Palmer Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yangi raqam ostida maydonga tushadi. Ingliz Premier-ligasining o‘tgan mavsumida 23 yoshli yarim himoyachi 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urdi (shundan to‘rttasi penaltidan) va 8 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, hujumkor yarim himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati esa 120 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar