Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha sportchilarimiz xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda

CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 iyulda imzolagan “2026 yil Milan va Kortina-d'Ampetstso shaharlari (Italiya)da bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan faol ish olib borilmoqda.

Tecno

IMG_1263

IMG_1303

Jumladan, nogironligi bo‘lgan insonlar o‘rtasida qishki Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

IMG_1250

IMG_1256

Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan “Ice City” kompleksida Yulduz Maxmudova, Asel Turdimurotova, Firdavs Xudoyatov hamda Komron Abduvoxidov trenerlar - Dmitriy Pitirimov va Olga Baranova qo‘l ostida para tog‘ chang‘isi sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda. Ular joriy yil 23-27 noyabr kunlari Avstriyaning Rekterxoe shahrida bo‘ladigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!