
Paralimpiya. Bir yo‘nalishda ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi
Parijda bo‘lib o‘tayotgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida F37 klassining yadro uloqtirish dasturidada birdaniga ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Jumladan, Qudratulloxon Ma’rufxo‘jaev 14 metr 69 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14 metr 62 sm natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish lozimki, har ikkala sportchimiz ushbu musobaqada o‘zlarining shaxsiy rekordlarini o‘rnatishdi va eng muhimmi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar