
Paralimpiyachilarimizga qanday sovg‘a taqdim etiladi?
Xabaringiz bor, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 16-pog‘onani egalladi.
8 ta oltin, 5 ta kumush hamda 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan vakillarimiz bugun Toshkentda kutib olinadi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, medalchilarimizga "Tahoe", "Traverse" va "Trailblazer" avtomobillari sovg‘a qilinadi. Shuningdek, ma’lum miqdorda pul mukofotlari ham berilishi rejalashtirilgan.
Marosim bugun 20:30 da boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar