"Parij-2024": Bronza medal uchun bahsda o‘ziga xos derbi guvohi bo‘lamiz!
Hozirgina vakilimiz Sharofiddin Boltaboev -81 kg vazn toifasida koreyalik sportchiga imkoniyatni boy berdi va yarim finaldan quruq qoldi.
Ammo Boltaboev bronza medal uchun imkoniyatni saqlab qoldi va ushbu natija uchun qo‘shni tojikistonlik Somon Mahmadboevga qarshi tatamiga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, Mahmadboev chorak finalda gruziyalik Grigalashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.



Fikrlar