
"Parij-2024" qahramoni Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi bo‘lishga da’vogar
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJFya)ning 2024 yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshilarni aniqlash borasida e’lon qilgan yo‘nalishlarida o‘zbek dzyudosiga aloqador quyidagi 5 nomzodlarni uchratish mumkin:
Bolalar uchun dzyudo: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “judogirls.uz” loyihasi;
Yil voqeligi: Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan g‘alabasi;
Muvaffaqiyatli murabbiylik: Marko Shpittka (O‘zbekiston ayollar terma jamoasidagi ishi uchun);
Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova;
Yil ipponi: Muhammad Jumaevning Dushanbe "Katta dubulg‘a" turniridagi usuli.
Ovoz berish faqatgina IJF ning JudoTV platformasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun JudoTV mobil ilovasini yuklab olish yoki quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ovoz berish 2025 yilning 10 yanvarigacha davom etadi.
Fikrlar