Parij. Nadal ilk o‘yindayoq katta qiyinchilikka duch keldi

  • 5 noyabr, 2020, 02:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Parij shahri "Mesters" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Turnirning birinchi raqam ostida saralangan tennischisi Rafael Nadal bugun o‘z yurishini boshladi. 1/16 final bosqichida hamyurti Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqqan Nadal kutilmaganda dastlabki setni boy berdi. Biroq keyingi setlarda o‘z darajasini namoyish eta olgan Rafa bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qildi.

Endi Nadal 1/8 finalda avstraliyalik Jordan Tompson bilan chorak final uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!