
Parij "Qirol"lar to‘qnashuviga tayyor
26 may kuni boshlanib 9 iyunga qadar davom etadigan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslariga qur’a tashlandi.
Parij kortlarida o‘tadigan "Rolan Garros"da dunyoning birinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich ilk uchrashuvini polshalik Xubert Gurkachga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
Musobaqaning ikkinchi raqamli raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal esa saralash bosqichidan chiqqan tennischiga qarshi kortga tushadi. Uzoq muddatdan so‘ng qumli kortga qaytgan shveytsariyalik Rojer Federer esa italiyalik Lorentso Sonegoni sinovdan o‘tkazadi.
"Roland Garros" ning qur’a natijalari bilan ushbu havola orqali to‘liq tanishasiz
Fikrlar