Paulo Bentu: "O‘zbekiston qit’ada o‘z o‘rniga ega"

  • 14 oktabr, 2024, 11:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Habaringiz bor, ertaga "JCh-2026" saralashi doirasidagi O‘zbekiston - BAA uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bellashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ilk qismida BAA ustozi Paulo Bentu va futbolchi Yaxyo al- G‘assani qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi:

Bosh murabbiyAvvalo o‘yin uslubimizga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Raqib futbolchilarini yaxshilab o‘rganib, o‘z futbolchilarimizga ko‘rsatma berishga urinamiz. Raqibni har taraflama o‘rganib chiqdik. Ayniqsa, Eronga qarshi kechgan so‘nggi bellashuvda O‘zbekiston futbolchilari menda ajoyib taassurot qoldirdi. Bugun rasmiy mashg‘ulot o‘tkazamiz. O‘sha paytda o‘z futbolchilarimga o‘yin oldi yakuniy ko‘rsatmalarni beramiz. 

Futbolchi: Bu bosqichda oson raqibning o‘zi yo‘q. Barcha jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turibdi. O‘ylaymanki, 3 ochkoni qo‘lga kirita olamiz.

Bosh murabbiy: Yordamchimiz O‘zbekiston ishtirokidagi bellashuvlarga tashrif buyurdi. Menimcha, ko‘p ma’lumotlarini yig‘a oldi. Raqibning kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganib chiqdik. Aynan mana shu tomonlarni o‘rgangan holda bahsga tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga barchamiz birdamlikda xarakat qilsak, maqsadimizga erishamiz.

Bosh murabbiy: Vaqt ko‘p narsaga imkon bermaydi. Birinchi bellashuvdan keyingisiga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda oz vaqt bor. Biz oldimizda turgan o‘yinda ijobiy natijaga erishishga intilamiz. O‘zbekiston oxirgi natijalari orqali shuni ko‘rsatdiki, Osiyoda o‘ziga yarasha nomga ega bo‘lib ulgurdi. Bu jamoa jahon chempionati saralashida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurashadi. Shu sababli bu jamoani bemalol qit’adagi favoritlar qatorida deb aytsak bo‘ladi.

Futbolchi: Oxirgi natijalardan muhlislarimiz albatta xafa bo‘lishdi. Bu borada ularni tushunaman. Ertaga borimizni berib, kurash olib boramiz deb bemalol ayta olaman. Yakuniy natijani qandapy bo‘lishini esa, taxmin qila olmayman. Chunki, oldindan katta va’dalar berishni yoqtirmayman. Biroq, g‘alaba uchun maydonga tushib, muhlislarimizni xursand etishga albatta xarakat qilamiz.

Bosh murabbiy: Ertaga ba’zi futbolchilar xizmatidan foydala olmaymiz. Bu albatta o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Jaroxatlanganlarning o‘rniga boshqa futbolchilar bilan to‘ldiramiz.



 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!