Paulo Kosta qoch, Robi kelmoqda! (So‘rovnoma)

  • 17.02.2024 10:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 18 fevralga o‘tar kechasi “UFC 298” turniri start oladi. 2-markaziy jangda o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Robert Uittaker braziliyalik Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu qarama-qarshilikdagi imkoniyatlar borasida biz yana o‘zbek yakkakurashlar olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

Sherbek Bilolov – murabbiy

- Yaxshi jang bo‘ladi. To‘g‘risi, Robert Uittakerga ishonmayapman. Nimani evaziga g‘alaba qozona olishiga... Menimcha Kostani “parter”ga torta olmasa kerak. “Stoyka”da ham Kostadan ustun deb ayta olmayman. Zarba kuchi borasida esa Kostaga yaqinlasha olmaydi. Tezlik borasida ustun deyishimiz mumkin. Biroq, bu kamlik qiladi. Meni fikrim bo‘yicha bu jangda Kosta g‘alaba qozonsa kerak. 55/45 Kosta!

Bilolov

Sardor Sulaymonov – menejer


- Jang haqida fikrim, teng va bir-biriga mos raqiblarlar, deb o‘ylayman. Agar, jang to‘liq davom etsa Uittaker g‘alaba qozonadi. Kosta muddatidan avval jang taqdirini hal qilmasa, yuqorida aytib o‘tganimdek, ochkolarga ko‘ra Uittaker g‘alabani ilib ketadi. Barchasi ularning jismoniy holatiga bog‘liq. Kim jangga tayyorgarlik bosqichini to‘g‘ri va yaxshi yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, o‘shanda imkoniyatlar ko‘proq bo‘ladi.

sardorbek
Ozodbek Pardaev - menejer

-  Robert Uittaker avvalgi jangdagi mag‘lubiyatdan qanchalik chiqib keta olganligiga ko‘p narsa bog‘liq. Meni fikrimcha baribir o‘sha mag‘lubiyat o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki, o‘ziga nisbatan kuchsizroq jangchi uni mag‘lub eta oldi. Bu Uittakerni ruhiyatida muammolar borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ha, u zo‘r jangchi bo‘lgan. Biroq, vaqt ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Kosta jismonan baquvvat va u shuni evaziga g‘alabani qo‘lga kiritsa kerak. Imkoniyatlarni 55/45 degan bo‘lardim. Kosta foydasiga!

Pardaev1
                                           Shuhratbek Abdumutalibov - murabbiy

- To‘g‘risi, bu jang ancha ehtiyotkorlik bilan o‘tsa kerak. Shiddatli kechadi, deb o‘ylamayman. Robert Uittaker avvalgi mag‘lubiyatdan keyin ortiqcha tavakkal qilmaydi. U Kostani charchatishga harakat qiladi. Lekin so‘ngi jangida ko‘rdikki Robini himoyasida anchagina kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Avvalgi Robert Uittaker emas! Paulo Kosta vabankka ko‘p boradigan jangchi sanaladi. U menimcha Robini zarbada tuta oladi va muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritadi.  Imkoniyatlar 60/40. Albatta, bu shaxsiy fikrim!

Shuxratbek

Doniyorbek Ro‘ziev –murabbiy

- O‘rta vazn toifasining Top jangchilari to‘qnashuvi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu jangda “favorit” Robert Uittaker! U avvalgi mag‘lubiyatdan kerakli xulosalarni chiqara olgan, deb o‘ylayman. Qolaversa, Kostaga nisbatan “arsenal”i ham boyroq. Kosta o‘rta vazn toifasiga biroz sekinlik qiladi. Ayniqsa, Rober Uittakerdek tezkor jangchi oldida u biror karomat ko‘rsatadi, deb o‘ylamayman. Jang muddatidan avval yakunlanishiga shubham bor. Biroq, to‘liq raundlar mobaynida avstraliyalik jangchi ustunlik qiladi va g‘alabani qo‘lga kiritadi. Imkoniyatlarni 60/40 degan bo‘lardim.

Donyorbek_1

                                  Humoyuddin Muxtorov - MMA jangchisi

Qiziqarli jang bo‘ladi. Robert Uittakerni janglarini ko‘p kuzatganman. Kostani esa Yol Romeo bilan jangi yoqqandi. Ikkisi ham yaxshi darajadagi jangchilar. Shuning uchun divizion reytingida ham kuchlilar safidan o‘rin olgan. To‘g‘risi, Uittakerga muxlislik qilaman. U Kostadan ko‘ra rang-barangroq uslubga ega. “Stoyka” o‘xshamasa, jangni “parter”ga ko‘chiradi. Kurashi ham yomon emas. Xullas, Kosta qoch Robi kelmoqda! :) O‘ylaymanki, Uittaker g‘alaba qozonadi. 60/40 Uittaker!

Xumoyun

                                        Aslamjon Ortiqov-ONE FC jangchisi

-
Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Robert Uittaker sobiq chempion va juda tez jangchi sanaladi. Biroq, baribir unda hozir pasayish vaqti desam adashmagan bo‘laman. Paulo Kosta gabarit jihatidan ham ancha katta va kuchli zarbalarga ega. Menimcha bu jangda braziliyalik Paulo Kosta g‘alaba qozonsa kerak. Barchasini jang ko‘rsatadi.

Aslamboy

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!