
Pavar "Inter"ni tark etishi mumkin!
Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Benjamin Pavar klubni tark etishi mumkin. "Neradzurrilar" rahbariyati munosib taklif tushsa, ushbu yozda futbolchini sotishga tayyor, deydi jurnalist Nikolo Skira.
29 yoshli frantsuzning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi va uning transfer qiymati 25 million evroni tashkil qiladi. Benjamin Pavar 2023 yil avgustida “Bavariya”dan 30 million evro evaziga “Inter”ga o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Pavar milanliklar safida barcha turnirlarda jami 69ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar