"Paxtakor" - "Buxoro". Tarixiy uchrashuvlar

  • 21 sentabr, 2018, 14:58
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klub matbuot xizmati esa buxoroliklarga qarshi kechgan bir nechta muhim o‘yinlarni yod etdi.

Tecno

2005 yilgi mavsumda o‘tkazilgan har ikki o‘yin tarixdan o‘zgacha joy olgan. 11 aprelda Buxorodagi bellashuvda to‘qnashuvlardagi eng yirik natija kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" safarda 8:0 hisobida zafar quchgan. Anvar Soliev xet-trik, Vyacheslav Ponomaryov dublga erishgan. Baxtiyor Ashurmatov, Umid Isoqov va Aleksandr Geynrix hisobiga bittadan gol yozilgan.

2005 yil

"Buxoro" - "Paxtakor" - 0:8

Gollar: Ponomaryov 8, 86, Ashurmatov 16, Isoqov 30, Soliev 54, 72, 82, Geynrix 63.


O‘sha yilning 2 noyabrida esa "Paxtakor" uyda "Buxoro"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltinchi bor chempionlikni nishonlagan. Server Jeparovning dubli va Ilhom Suyunovning goli "Sherlar"ga o‘sha bellashuvdan keyin chempionlikni taqdim etgan.

2005 yil

"Paxtakor" - "Buxoro" - 3:0

Gollar: Jeparov 15, 88, Suyunov 34.


2014 yil ham "Paxtakor" aynan buxoroliklarga qarshi bellashuvda 10-chempionligini tantana qilgan. Toshkentdagi uchrashuvda 4:0 hisobi qayd etilgan. Gollardan uchtasini hamon "Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan futbolchilar urgani e’tiborga molik. Shu tariqa yubiley chempionlik aynan "Buxoro"ga qarshi uchrashuvda nishonlangan.

"Paxtakor" - "Buxoro" - 4:0

Gollar: Iskanderov 3, Kozak 32, Sergeev 35, Pardaev 67.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдул
21/09/2018 15:03
Эртага хам уч тадан Кам булмасин йгитлар Пахтакор чемпион