"Paxtakor" afsonalaridan biri vafot etdi!
"Paxtakor" klubining sobiq futbolchisi, uzoq yillar davomida ushbu jamoa futbol maktabiga rahbarlik qilgan Vladimir Shtern vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"O‘zbek futboli afsonalaridan biri Vladimir Shternning vafot etgani munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari va futbol jamoatchiligiga ta’ziya izhor qilamiz. U 1964-73 yillarda "Paxtakor" safida jami 242 uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, 20 yildan ortiqroq vaqt davomida "Paxtakor" futbol maktabini boshqargan. Vladimir Shternning klubimiz uchun amalga oshirgan ishlari doim yodimizda saqlanadi", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar