"Paxtakor"da Shota Arveladze haqidagi film namoyish etildi

  • 12 oktabr, 2024, 14:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2020 yil Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan sportga oid filmlar orasida laureatga aylangan "Gruzin futboli uchligi" filmi mashhur futbolchi aka-ukalar Arveladzelar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.

Unda "Paxtakor"da murabbiylik faoliyati bilan tanilgan Shota Arveladze, uning egizagi Archil va akasi Rezo Arveladze faoliyati tasvirlangan. Rejissyor Georgiy Toradze ishlagan film Milandagi festivalda 2020 yilning eng yaxshi filmi sifatida e’tirof etilgan.

"Paxtakor" stadionida rejissyor Georgiy Toradze va Gruziya sport jurnalistlari vitse-prezidenti Tengiz Kobeliya ishtirokida ushbu film namoyish etildi.

Quyida ushbu filmning namoyishidan fotolavhalarni tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!