
"Paxtakor"ni yirik hisobda taslim etgan "Jizzax Kenteks" O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi (fotogalereya)
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Paxtakor" hamda "Jizzax Kenteks" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va nominal mehmonlar 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mazkur bahsda Husniddin Nishonov xet-trik muallifiga aylandi. Shuningdek, Ilhom Hamroev va Elbek To‘lqinov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Jizzax Kenteks" O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylandi. Quyida ushbu jarayondan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin:

















































Fikrlar