
Peddi Pimblett: “Odamlar Aleks Pereyraning jangini ko‘rishni istaydi, Ankalaevning emas!"
Angliyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett braziliyalik Aleks Perreyra va rossiyalik Magomed Ankalaev o‘rtasidagi bahs haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“UFC uchun Perreyra chempion bo‘lgani ma’qulroq. Chunki bu ko‘proq tomoshabinlar uchun qiziqarli. Odamlar Aleksning janglarini ko‘rishni xohlashadi, Ankalaevning emas,” — dedi Pimblett o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 320" turnirida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Perreyra 1-raunddayoq Magomedni texnik nokautga uchratib, yarim og‘ir vazndagi kamarni qaytarib oldi.
Fikrlar