
Pele: Mbappe menga juda o‘xshaydi
Futbol qiroli Pele PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilyan Mbappe unga juda ham o‘xshashini aytdi.
“Hamma Mbappeni menga o‘xshatmoqda. Biz rostan ham bir-birimizga o‘xshaymiz. U 19 yoshida jahon chempioni bo‘ldi. Meni futboldan ketganimga 40 yil bo‘ldi. Ammo biz uning hozirgi yoshida bir-birimizga juda ham o‘xshaymiz.
Neymar Mbappedan ko‘ra etukroq futbolchi. Ammo, Evropada ko‘proq frantsiyalik futbolchi haqida gapirishmoqda”, - deydi Pele.
Fikrlar