Penalti yo‘q edi-ekspert hakamlar guruhi xulosasi

  • 08.04.2026 21:45
  • Abdukarim Atayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert hakamlar guruhi o‘z xulosasini bildirdi.

Mazkur uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan “Nasaf” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi. Shuningdek, VAR hakami tomonidan ushbu vaziyatda to‘g‘ri aralashuv amalga oshirilmagani, ya’ni hakamni monitorga chaqirishda xatoga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
09/04/2026 14:06
БУНДАН НАСАФГА НИМА НАФ ЛУТФУЛЛИН БИР УМРГА ФУТБОЛДАН БАДАРГА КИЛИНСИН ЙУКОЛСИН ЛУТФУЛЛИН НАСАФГА ИККИ АЧКОНИ КИМ БЕРАДИ АГАР БУНИ УСТИДА УФА , ПФЛ ЁКИ ХАКАМЛАР КУМИТАСИ ТУРГАН БУЛСА БУ ИФЛОС ЯНА ХАКАМЛИК КИЛАДИ АГАР ЙУКАЛМАСА ТАКДИР УНИ КАРШИГА КАЧОНДИР ЕТАКЛАЙДИ ВИЖДОНСИЗНИ.