Penaltini urolmagan Mbappe o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 29 iyun, 2021, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Frantsiya terma jamoasi 1/8 finalda Shveytsariyaga imkoniyatni boy berdi va Evropa chempionatidagi yurishini to‘xtatdi. Penaltilar seriyasiga qadar davom etgan o‘yinda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe darvozani ishg‘ol etolmadi va natijada jamoasi mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Mbappe o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ushbu natijadan juda xafa bo‘ldim, jamoa maqsadiga erisha olmadi. Iltimos, bu xato uchun meni kechiring. Jamoaga yordam bermoqchi edim, ammo bu natija boshqacha bo‘ldi.

Tushunaman, muxlislarimiz juda xafa bo‘lishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, sizlar doimo bizga ishongansizlar. Jamoamiz ushbu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchayishi kerak. Raqiblarni g‘alaba bilan tabriklayman”, - dedi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!