Penchak silat bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazildi

CHERY AUTO

Toshkentdagi "Jar" sport sog‘lomlashtirish majmuasida penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.

Tecno

O‘zbekicton jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda mamlakatimiz penchak silat federatsiyasi tomonidan  o‘tkazilgan musobaqa 2018 yil 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining penchak silat bahslariga sportchilarimizni tayorlash maqsadida tashkil etildi.

Mazkur musobaqada Elyorbek Aliev, Farrux Yusupov, Abduazim Qobulbekov, Arsen Qoratoshev, Igor Ribakov, Elezavetta Qodirova, Nigora Qurbonboeva, Noila Xaydarova, Karina Fattillaeva o‘z yosh va vazn toifalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!