Pepe rad etib bo‘lmas taklif oldi, navbat yakuniy qarorga

Madridning “Real” klubi himoyachisi Pepe mavsum yakunlanganidan so‘ng “qirollik klubi”ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, portugaliyalik futbolchiga moliyaviy tomondan juda ham qulay bo‘lgan bir nechta takliflar kelib tushgan. Murojaatlarning ko‘pchiligi asosan Xitoy va Angliya jamoalaridan bo‘lmoqda.

Futbolchiga yaqin manbaaning so‘zlariga ko‘ra, Pepega shunday taklif kelib tushganki, uni aslo rad etib bo‘lmaydi. Agar, Pepe bu taklifga rozi bo‘lsa, u holda 4 yil mobaynida “Real”da olmagan pulini 2 yilda ishlab topishi mumkin.

Biroq, 33 yoshli futbolchi “qirollik klubi”da qolishi ham mumkin. U hali yakuniy qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, Pepening “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!