Peres Vinisiusning shartnomasi bo‘yicha: "Men uni abadiy qolishini xohlayman"

  • 31.05.2026 15:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres klub hujumchisi Vinisius Juniornig shartnomasini uzaytirish masalasi yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi.

Uning aytishicha, futbolchining jamoada qolishi klub uchun juda muhim.

"Vinisiusning shartnomasi yana bir yildan keyin tugaydi va u hali ham uzaytirmadimi? Vaqt bor.

Men uni abadiy qolishini xohlayman. U bizga soʻnggi ikki Chempionlar ligasini olib keldi va klubga juda yaxshi moslashdi.

Bilasizmi, kim uni yoqtirmaydi? “Real” muxlislari boʻlmaganlar", — dedi Peres.

Vinisius Junior 2018 yilda "Flamengo"dan 45 million yevroga "Real"ga oʻtgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha moʻljallangan.

2025/26 mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta oʻyin oʻtkazib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!