Peti: "Bavariya" — PSJ final oldidan haqiqiy final"

  • 16.04.2026 14:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti ushbu mavsum Chempionlar ligasi yarim finalida ",Bavariya", va PSJ o‘zaro to‘qnash kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Bu finaldan oldingi haqiqiy final. Hatto ",Arsenal", guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa ham, menimcha, bu ikkisi hozirgi paytda eng kuchli jamoalar.

O‘tgan yildgi ",Liverpul",ni eslaymiz: ular ham guruhda birinchi bo‘lgan, ammo pley-offda PSJga qarshi butunlay boshqa manzara yuzaga kelgandi.

Men hamon shu fikrdamaniki, katta sovrinlar va nufuzli musobaqalarda aynan o‘yin sifati hal qiluvchi omil bo‘ladi.

",Arsenal", birinchi o‘rinni olganiga qaramay, o‘yin uslubi bo‘yicha PSJ va ",Bavariya",ga teng keladigan jamoa yo‘q.

",Arsenal", raqiblar uchun juda noqulay jamoa. Ular kam gol o‘tkazishadi, ammo so‘nggi paytlarda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda va mavsum taqdiri ",Manchester Siti",ga qarshi o‘yinga bog‘liq.

Umuman olganda, menimcha, ",Bavariya", va PSJ hozirgi holatda ",Arsenal",dan ustun, — dedi Peti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!